OL QR infratuzilmasi xizmatlari foydalanuvchi shartnomasi
24.08.2026 tahriri · «BUCHET» MChJ
1.Umumiy qoidalar
1.1.«BUCHET» MChJ (keyingi oʻrinlarda – «Kompaniya») Internet tarmogʻi foydalanuvchisiga (keyingi oʻrinlarda – Foydalanuvchi) ushbu Foydalanuvchi shartnomasida (keyingi oʻrinlarda – «Shartnoma») bayon etilgan shartlar asosida «OL QR» infratuzilmasi xizmatlaridan (keyingi oʻrinlarda – «OL QR») foydalanishni taklif etadi. Ushbu infratuzilmaga qr.ol.uz mobil ilovasi va qr.ol.uz sayti kiradi. Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan uning shartlariga roziligi Shartnomaning 1.4-bandida nazarda tutilgan tartibda bildirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
1.2.Kompaniya Foydalanuvchilarga sotuvchi/yetkazib beruvchi/ijrochi joylashgan yerda maxsus QR-kodni skanerlash orqali onlayn rejimda elektron b2b-bitimlar (business to business, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subʼektlar/tadbirkorlik subʼektlari oʻrtasida) tuzish imkonini beruvchi axborot yechimlariga kirish huquqini taqdim etadi. OL QR ning hozirda mavjud barcha xizmatlari, shuningdek ularning istalgan rivojlanishi va/yoki yangi xizmatlar qoʻshilishi ushbu Shartnomaning predmeti hisoblanadi.
1.3.OL QR xizmatlaridan foydalanish ushbu Shartnoma, shuningdek ushbu shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi: Maxfiylik siyosati, hamda alohida xizmatlardan foydalanish shartlari (OL QR xizmatlaridan foydalanish shartnomalari). Shartnoma Kompaniya tomonidan biror-bir maxsus bildirishnoma yuborilmasdan oʻzgartirilishi mumkin. Shartnomaning yangi tahriri Kompaniyaning qr.ol.uz rasmiy sahifasida Internet tarmogʻida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
1.4.Roʻyxatdan oʻtish tartib-taomilini yakunlagan Foydalanuvchi Shartnoma shartlarini hech qanday shartlar va istisnolarsiz toʻliq qabul qilgan hisoblanadi. Foydalanuvchi Shartnomaning biron-bir qoidasiga rozi boʻlmagan taqdirda, u OL QR xizmatlaridan foydalanmaslik huquqiga ega.
1.5.Foydalanuvchi OL QR infratuzilmasiga kiruvchi baʼzi xizmatlar Kompaniyaning vakolatli texnik hamkori — «INBIZ SOLUTIONS» MChJ (STIR: 309428607) (keyingi oʻrinlarda – «Texnolog») tomonidan mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslar bilan hamkorlikda taqdim etilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi. Bunda Kompaniya har bunday holat haqida Foydalanuvchini xabardor qilish, hamda zarur boʻlganda bunday xizmatlardan foydalanishga yozma rozilik olish majburiyatini oladi.
1.5.1.Roʻyxatdan oʻtish tartib-taomilini yakunlagan Foydalanuvchi OL QR doirasida Texnolog tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarning faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni unga uzatishga roziligini tasdiqlaydi. Bunda Texnolog bunday maʼlumotlar xavfsizligini qatʼiy saqlash, shuningdek Foydalanuvchining roziligisiz ularni uchinchi shaxslarga bermaslik va OL QR doirasida taqdim etiladigan xizmatlar faoliyati maqsadlaridan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik majburiyatini oladi.
1.6.Foydalanuvchi «Merchant» roliga ega boʻlishni tanlagan va OL QR dan «Merchant» sifatida (yaʼni OL QR dan foydalangan holda xizmat koʻrsatish yoki tovar sotish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subʼekti nomidan) foydalanmoqchi boʻlgan taqdirda, bunday Foydalanuvchi qr.ol.uz saytidagi tegishli boʻlimda tadbirkorlik subʼekti nomidan Kompaniya bilan elektron shaklda alohida shartnoma tuzadi va uni tadbirkorlik subʼektining Elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi. Bunday alohida shartnoma, agar shartnomada boshqacha toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Shartnoma qoidalarini oʻz ichiga oladi.
2.OL QR xizmatlaridan foydalanish shartlari
2.1.Ushbu Shartnoma shartlari asosida «Kompaniya» rolida OL QR dan shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish Foydalanuvchilar uchun bepul amalga oshiriladi. Kompaniya tomonidan oldindan roʻyxati taqdim etiladigan alohida toifadagi yetkazib beruvchilar (Merchantlar) bilan bitimlar tuzish holatlari bundan mustasno. Foydalanuvchi OL QR yordamida bunday yetkazib beruvchilardan biri bilan bitim tuzmoqchi boʻlsa, Kompaniya Foydalanuvchi bilan bunday bitim boʻyicha toʻlovni undirish toʻgʻrisida alohida shartnoma tuzish majburiyatini oladi.
2.1.1.OL QR ning baʼzi xizmatlari tijorat asosida (pullik) koʻrsatilishi mumkin. Pullik xizmatlarga kirish faqat Kompaniya yoki bunday xizmat Operatori va Foydalanuvchi oʻrtasida yozma (elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shaklda) shartnoma tuzilgandan soʻng taqdim etiladi. Kompaniya va «Merchant» rolidagi Foydalanuvchilar oʻrtasida OL QR ning barcha xizmatlari boʻyicha shartnomalar faqat yozma shaklda (Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shaklda) tuziladi.
2.2.Kompaniya barcha Foydalanuvchilar yoki alohida toifadagi Foydalanuvchilar uchun (verifikatsiya qilingan/qilinmagan maqomiga, xizmatning texnik xususiyatlariga, xizmat manzullariga va hokazolarga qarab) xizmatlardan foydalanishda cheklovlar belgilash huquqiga ega. Kompaniya oʻz xizmatlariga avtomatik murojaat qilishni taqiqlashi, shuningdek avtomatik tarzda yaratilgan (masalan, spam) har qanday maʼlumotni qabul qilishni toʻxtatishi mumkin.
2.3.Kompaniya OL QR Foydalanuvchisiga axborot xabarlari yuborish huquqiga ega, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda: toʻlov schyot-fakturalarini yuborish, qulay tijorat shartlarini taklif qilish, yangi xizmatlarni reklama qilish, turli bildirishnomalar yuborish va hokazo.
2.4.Amaldagi qonunchilikka muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasining 2022 yil 29-sentabrdagi «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi № ZRU-792-son Qonuni va mazkur sohasini tartibga soluvchi boshqa meʼyoriy hujjatlar) Kompaniya OL QR doirasida tuzilgan bitimlar tomoni hisoblanmaydi va ular boʻyicha javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi. Biroq baʼzi hollarda, xususan «Merchant» rolidagi Foydalanuvchilar bilan munosabatlarda, vositachi (komissioner) sifatida ish koʻrishi va oʻz maqomi hamda shartnoma shartlariga muvofiq javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi mumkin.
2.5.Foydalanuvchi OL QR dan foydalanish bilan bogʻliq harakatlari uchun uchinchi shaxslar oldida mustaqil ravishda javobgar boʻladi, shu jumladan bunday harakatlar uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga olib kelsa ham, shuningdek OL QR dan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etish uchun ham javobgar boʻladi.
2.6.OL QR xizmatlaridan foydalanishda Foydalanuvchi quyidagilarga haqli emas:
- uchinchi shaxslarning huquqlarini buzish va/yoki ularga har qanday shaklda zarar yetkazish;
- boshqa tadbirkorlik subyekti yoki tadbirkorlik subyektining vakili sifatida, shu jumladan Kompaniya xodimlari sifatida yetarli huquqlarsiz oʻzini koʻrsatish, shuningdek foydalanuvchilarni yoki Kompaniyani biron-bir subyekt yoki obʼektlarning xususiyatlari va tavsiflari boʻyicha chalgʻitish;
- funksionaldan daromadlarni yashirish va/yoki soliqlardan boʻyin tovlash maqsadida, shuningdek noqonuniy boyish, valyuta qonunchiligini buzish, naqd pul chiqarish sxemalarini amalga oshirish va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish maqsadida foydalanish;
- funksionaldan ayrim toifadagi Foydalanuvchilar uchun taqiqlangan va/yoki cheklangan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish, xususan muomalada taqiqlangan va/yoki cheklangan tovarlarni sotib olish/sotish, mablagʻlarni maqsadsiz sarflash va hokazo;
- boshqa shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlarini ruxsatsiz toʻplash va saqlash;
- OL QR mobil ilovasi yoki veb-sayti va xizmatlari normal ishlashiga xalaqit berish;
- Shartnoma bilan qoʻyilgan cheklovlar va taqiqlarga rioya etmaslikka qaratilgan harakatlarga koʻmaklashish;
- boshqa tarzda qonunchilik normalarini, shu jumladan xalqaro huquq normalarini buzish.
2.7.Foydalanuvchi ushbu hujjat bilan xabardor etiladi va quyidagiga rozilik bildiradi: OL QR tarkibiga kiruvchi joylashuvni aniqlash funksiyasi yoqilganda, OL QR Kompaniyaga Foydalanuvchining aniq joylashuviga oid anonimlashtrilgan maʼlumotlarni – GPS-qurilmasidan olingan yoki Foydalanuvchining mobil qurilmasida oʻsha paytda ishlatiladigan sim-kartasi boʻlgan aloqa operatorining faol katagi orqali aniqlangan taxminiy joylashuvini – mazkur funksiya oʻchirilgunga qadar uzatadi.
3.Xizmatlar mazmuniga nisbatan mutlaq huquqlar
3.1.OL QR ning oʻzi, shuningdek OL QR xizmatlari orqali mavjud boʻlgan barcha obʼektlar, jumladan dizayn elementlari, matn, grafik tasvirlar, illyustratsiyalar, video, EHM uchun dasturlar, maʼlumotlar bazalari, musiqa, tovushlar va boshqa obʼektlar (keyingi oʻrinda – xizmatlar mazmuni), Foydalanuvchilar yoki boshqa huquq egalari tomonidan qonuniy asosda joylashtirilgan/olingan obʼektlar bundan mustasno, Kompaniyaning va/yoki boshqa litsenziarlarning mutlaq huquqlari obʼektlari hisoblanadi – bunday obʼektlar Kompaniya tomonidan litsenziya shartnomasi asosida olingan boʻlsa – va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan muhofaza etiladi.
3.2.Kontentdan, shuningdek xizmatlarning boshqa elementlaridan foydalanish faqat u yoki bu xizmat taklif etadigan funksional doirasida mumkin. OL QR xizmatlar mazmunining hech bir elementi, shuningdek OL QR xizmatlarida joylashtirilgan har qanday kontent huquq egasining oldindan ruxsatisiz boshqa tarzda foydalanilishi mumkin emas. Foydalanish deb quyidagilar tushuniladi, shu jumladan: koʻpaytirish, nusxa olish, qayta ishlash, har qanday asosda tarqatish, freymda koʻrsatish va hokazo. Bundan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki OL QR u yoki bu xizmatidan foydalanish shartlari bilan bevosita nazarda tutilgan holatlar mustasno.
4.Uchinchi shaxslar kontenti
4.1.OL QR xizmatlari internetdagi boshqa xizmatlar va saytlarga (uchinchi shaxslar saytlariga) havolalar oʻz ichiga olishi mumkin. OL QR xizmatlardan foydalanib Foydalanuvchi kirish huquqiga ega boʻlgan uchinchi shaxslar saytlarida joylashtirilgan har qanday maʼlumot va materiallar, shu jumladan uchinchi shaxslar saytlarida ifodalangan har qanday fikr yoki bayonotlar, reklama va shu kabilar, shuningdek bunday saytlar yoki kontentning mavjudligi hamda Foydalanuvchi tomonidan ulardan foydalanish oqibatlari uchun hech qanday javobgarlik koʻtarmaydi.
4.2.Agar OL QR huquq egasi uchinchi shaxs boʻlgan xizmatni oʻz ichiga olsa, Kompaniya bunday xizmatdan foydalanish boshlangan paytda Foydalanuvchini bu haqda xabardor qiladi. Foydalanuvchi bunday xizmatning huquq egasi bilan shartnoma tuzadi yoki, agar Kompaniya va bunday xizmatning huquq egasi oʻrtasida agentlik yoki boshqa turdagi bitim mavjud boʻlsa, xizmat huquq egasining qonuniy vakili sifatida Kompaniya bilan shartnoma tuzadi.
4.3.OL QR baʼzi xizmatlari uchinchi shaxslardan, shu jumladan davlat organlaridan qonuniy yoʻl bilan olingan maʼlumotlardan foydalanishi mumkin. Bunday holda Kompaniya mazkur maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgar emas, uni hech qanday tarzda qayta ishlamaydi va tekshirmaydi hamda «bor holida» taqdim etadi. Foydalanuvchi OL QR xizmatidan foydalanish jarayonida uchinchi qonuniy manbadan olingan maʼlumotni oʻz ichiga olgan xizmatdan ishonchsiz, eskirgan yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumot olganda va buning oqibatida Foydalanuvchi zarar va/yoki boshqa salbiy oqibatlarga duchor boʻlsa, Foydalanuvchi bunday maʼlumot manbaidan zararni undirib olishga murojaat qilishi kerak.
4.4.OL QR xizmatlarida reklama joylashtirish taqiqlanadi.
5.Foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtkazish. Foydalanuvchining shaxsiy hisobi. Verifikatsiya
5.1.OL QR xizmatlaridan foydalanish uchun Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish tartib-jarayonini amalga oshirishi zarur boʻlib, natijada Foydalanuvchi uchun noyob shaxsiy hisob yaratiladi.
5.2.Foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtkazish va verifikatsiya qilish tartib-jarayoni Texnolog tomonidan uning infratuzilmasi va texnik yechimlari yordamida amalga oshiriladi.
5.2.1.Texnolog tomonidan yaratilgan va verifikatsiya qilingan Foydalanuvchining shaxsiy hisobi Texnolog infratuzilmasida ham saqlanadi va Foydalanuvchi tomonidan Texnologning oʻz infratuzilmasi xizmatlariga kirish uchun, shuningdek Texnolog foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va verifikatsiya qilish boʻyicha texnologik hamkor sifatida ishtirok etadigan uchinchi shaxslar xizmatlariga kirish uchun ham foydalanilishi mumkin.
5.3.OL QR xizmatlaridan roʻyxatdan oʻtish va foydalanishga faqat xoʻjalik yurituvchi subʼektlar/tadbirkorlik subʼektlari, shuningdek ularning vakolatli vakillari (xodimlari) qoʻyiladi.
5.4.Roʻyxatdan oʻtish uchun Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtish formasida taklif etilgan savollarga oʻzi haqida toʻgʻri va toʻliq maʼlumot taqdim etishni hamda bu maʼlumotni dolzarb holda saqlashni oʻz zimmasiga oladi.
5.5.Shaxsiy hisobni tasdiqlash (verifikatsiya) rasmiy ochiq manbalardan olingan hisob maʼlumotlarini taqqoslash va ularni Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5.5.1.Verifikatsiya profilga kiritilgan hisob maʼlumotlari elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlanishi zahoti avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
5.6.Maxfiylik siyosati bilan belgilangan va Foydalanuvchining shaxsiy hisobida mavjud Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari Kompaniya tomonidan Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq saqlanadi va qayta ishlanadi.
5.7.Foydalanuvchi shaxsiy hisobiga kirish uchun tanlagan vositalarining xavfsizligi (shu jumladan taxmin qilishdan himoyalanganlik) uchun mustaqil ravishda javob beradi hamda ularning maxfiyligini mustaqil taʼminlaydi. Foydalanuvchi OL QR xizmatlari doirasida yoki ulardan foydalanib Foydalanuvchining shaxsiy hisobi ostida amalga oshirilgan barcha harakatlar (va ularning oqibatlari) uchun mustaqil javob beradi – jumladan, Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy hisobga kirish maʼlumotlarini har qanday shartlar asosida (shu jumladan shartnomalar yoki bitimlar boʻyicha) uchinchi shaxslarga ixtiyoriy ravishda topshirish holatlari uchun ham. Bunda OL QR xizmatlari doirasida yoki ulardan foydalanib Foydalanuvchining shaxsiy hisobi ostida amalga oshirilgan barcha harakatlar Foydalanuvchining oʻzi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi – bundan mustasno: Foydalanuvchi Kompaniyaga OL QR xizmatlariga Foydalanuvchi shaxsiy hisobidan ruxsatsiz kirish toʻgʻrisida va/yoki shaxsiy hisobga kirish vositalarining (mobil telefon raqami, parol, Elektron raqamli imzo kaliti va boshqalar) maxfiyligi buzilganligi (buzilishi shubhasi) toʻgʻrisida xabardor qilgan hollar bundan mustasno.
5.8.Maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Foydalanuvchilarning barcha yuridik ahamiyatga ega harakatlari Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
5.9.Foydalanuvchi OL QR xizmatlarining (shu jumladan xizmatlar orqali Foydalanuvchiga mavjud boʻlgan kontentning) biror qismini yoki ularga kirishni takrorlash, nusxalash, sotish va qayta sotish hamda har qanday tijorat maqsadlarida foydalanish huquqiga ega emas – bundan mustasno: Foydalanuvchi Kompaniyadan bunday ruxsatni olganda yoki biror xizmatning foydalanuvchi shartnomasi bilan bu bevosita nazarda tutilgan hollarda.
5.10.OL QR xizmatlarining baʼzilari oʻz tabiati va/yoki maqsadiga koʻra Foydalanuvchilarning turli hisob toifalari («Kompaniya» va «Merchant» rollari) uchun mavjud boʻlmasligi yoki cheklangan boʻlishi mumkin.
5.11.Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy hisobini bloklash va/yoki oʻchirish, shuningdek biror shaxsiy hisob yordamida OL QR maʼlum xizmatlariga (yoki texnologik jihatdan imkon boʻlsa, xizmatning alohida funksiyalariga) kirishni taqiqlash huquqiga ega – sabab koʻrsatmasdan: xizmatda Foydalanuvchining shubhali faolligi aniqlanganda, ichki moderatsiya tartib-jarayonidan oʻtilmaganda, shuningdek Foydalanuvchining harakatlari Shartnoma shartlarini, Shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan boshqa hujjatlar shartlarini, tegishli xizmatdan foydalanish shartlarini va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzgan hollarda.
5.12.Foydalanuvchi istalgan vaqtda OL QR dagi shaxsiy hisobini oʻchirish yoki, tegishli funksiya mavjud boʻlsa, uni baʼzi xizmatlar boʻyicha bekor qilish huquqiga ega.
5.12.1.Akkaunt oʻchirilgan taqdirda, OL QR dan foydalanish jarayonida yaratilgan elektron hujjatlar kamida 5 (besh) yil davomida saqlanadi va Foydalanuvchi ularning nusxalarini soʻrash huquqiga ega. Ilgari verifikatsiyadan oʻtgan Foydalanuvchi avval ishlatilgan hisob maʼlumotlari yordamida qayta roʻyxatdan oʻtganda va yangi verifikatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganda, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar avtomatik ravishda Foydalanuvchining joriy hisob qayd yozuvida mavjud boʻlib qoladi.
6.Mablagʻlarni boshqarish. Xodimlarga kirish huquqini berish
6.1.OL QR infratuzilmasidagi elektron b2b-bitishuvlar boʻyicha tovarlar/xizmatlar uchun toʻlovlar statistikasini kuzatib borish maqsadida «Kompaniya» rolidagi Foydalanuvchi hamkor-bank tomonidan uning maxsus hisobvaragʻida depozit qilingan pul mablagʻlarining axborot koʻrinishidan (Shaxsiy kabinetdagi balansdan) foydalanadi.
6.1.1.Bunda OL QR infratuzilmasidagi elektron b2b-bitishuvlar boʻyicha haqiqiy hisob-kitoblar hamkor-bank tomonidan uning maxsus hisobvaragʻida depozit qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
6.2.«Kompaniya» rolidagi Foydalanuvchi OL QR infratuzilmasidagi istalgan bitishuvlar boʻyicha oldindan toʻlov sifatida hamkor-bankning maxsus hisobvaragʻiga mablagʻ oʻtkazadi. Oldindan toʻlov miqdori cheklanmaydi va «Kompaniya» rolidagi Foydalanuvchi tomonidan kutilayotgan ehtiyojlarga asoslanib mustaqil ravishda belgilanadi.
6.2.1.OL QR dan foydalanishdan voz kechilgan taqdirda, «Kompaniya» rolidagi Foydalanuvchi istalgan vaqtda oldindan toʻlov sifatida oʻtkazilgan mablagʻlarning toʻliq hajmda qaytarilishini soʻrash huquqiga ega.
6.3.«Kompaniya» rolidagi Foydalanuvchi oʻz mablagʻlarini boshqarishni qisman vakolatli uchinchi shaxslarga (xodimlarga) ularning maʼlumotlarini ulash va Shaxsiy kabinetda kirish huquqini ochish orqali oʻtkazish huquqiga ega.
6.3.1.«Kompaniya» rolidagi Foydalanuvchi bunday uchinchi shaxslarni «Kompaniya» rolidagi Foydalanuvchi nomidan bitishuvlar tuzishga vakolatli shaxslar sifatida aniqlash uchun, shuningdek bunday huquqlarni oʻtkazish oqibatlari uchun toʻliq hajmda mustaqil ravishda javob beradi.
6.4.Foydalanuvchilar («Kompaniya» rolidagi Foydalanuvchilarning xodimlari ham) OL QR dan faqatgina ularga berilgan huquqlar doirasida foydalanish huquqiga ega.
7.Kafolatlarning yoʻqligi, javobgarlikni cheklash
7.1.Foydalanuvchi OL QR xizmatlaridan ixtiyoriy ravishda foydalanadi. Xizmatlar «mavjud holda» taqdim etiladi. Kompaniya hech qanday javobgarlikni, shu jumladan xizmatlarning Foydalanuvchi maqsadlari va/yoki kutganlariga muvofiqligiga oid javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.
7.2.Kompaniya, Texnolog va boshqa uchinchi shaxslarning koʻmagida, OL QR doirasida soliq qonunchiligi va buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan bitimlarni toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirishga barcha sharoitlarni yaratadi.
7.2.1.Kompaniya Foydalanuvchining Kompaniya tomonidan taqdim etilgan bunday funksionaldan foydalanmasligi va/yoki notoʻgʻri foydalanishi natijasida yuzaga kelgan har qanday zararlari va/yoki jarimalarini uchun javobgar emas.
7.2.2.Kompaniya Foydalanuvchining OL QR dan foydalanish chogʻida notoʻgʻri, buzib koʻrsatilgan yoki yolgʻon maʼlumotlarni kiritishi natijasida buxgalteriya va/yoki soliq hisobotlarida maʼlumotlarning notoʻgʻri aks etishiga olib kelgan har qanday zararlari va/yoki jarimalarini uchun javobgar emas.
8.Boshqa qoidalar
8.1.Ushbu Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367, 369 va 370-moddalariga muvofiq tuzilgan boʻlib, Foydalanuvchi va Kompaniya oʻrtasida OL QR xizmatlaridan foydalanish tartibi borasidagi shartnomani tashkil etadi.
8.2.Ushbu Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tartibga solinadi va talqin etiladi. Ushbu Shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi. Ushbu Shartnoma bilan tartibga solinadigan munosabatlardan kelib chiquvchi barcha mumkin boʻlgan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi, tinch yoʻl bilan hal etish imkoni boʻlmagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda vakolatli sudga topshiriladi.
8.3.Ushbu Shartnoma doirasida tekin (bepul) koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan nazarda tutilgan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish normalari Foydalanuvchi va Kompaniya oʻrtasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
8.4.Agar biron-bir sabablarga koʻra ushbu Shartnomaning bir yoki bir nechta qoidalari haqiqiy emas yoki yuridik kuchga ega emas deb topilsa, bu Shartnomaning qolgan qoidalarining haqiqiyligi yoki qoʻllanilishiga taʼsir etmaydi.
8.5.Ushbu Shartnoma rus tilida tuzilgan.