«BUCHET» MChJ Maxfiylik siyosati

24.08.2026 tahriri · «BUCHET» MChJ

1.Umumiy qoidalar

1.1.Ushbu ««BUCHET» MChJ Maxfiylik siyosati» hujjati (keyingi oʻrinlarda – Siyosat) Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 2-iyuldagi «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi № URQ-547-sonli Qonuni (keyingi oʻrinlarda – Qonun) talablari ijrosida ishlab chiqilgan boʻlib, «BUCHET» MChJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya)ga tegishli QR.OL mobil ilovasi va qr.ol.uz veb-sayti (keyingi oʻrinlarda birgalikda – QR.OL) Foydalanuvchilarining maxfiy maʼlumotlariga, shu jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, jismoniy shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlariga nisbatan siyosatni belgilaydi.

1.2.Siyosat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi maʼnosidagi shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan barcha maʼlumotlarga (keyingi oʻrinlarda – «Shaxsiy maʼlumot») nisbatan amal qiladi; bunday maʼlumotlarni Kompaniya Foydalanuvchidan uning Kompaniyaning istalgan mahsuloti va/yoki xizmatidan foydalanishi jarayonida, shuningdek QR.OL dan foydalanish bilan bogʻliq holda Foydalanuvchilar bilan tuzilgan har qanday bitimlar va shartnomalarni Kompaniya tomonidan ijro etish davomida olishi mumkin. Kompaniya Shaxsiy maʼlumotni oʻz hamkorlaridan (keyingi oʻrinlarda – «Hamkorlar»), davlat organlaridan, shuningdek ommaviy foydalanishdagi shaxsga doir maʼlumotlar manbalaridan ham olishi mumkin. Tegishli hollarda Shaxsiy maʼlumotni uzatish Kompaniya bilan har bir Hamkor yoki davlat organi oʻrtasida tuzilgan maxsus shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

1.3.Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi Qonunning 4-moddasida keltirilgan tushunchalar ushbu Siyosatda xuddi shu maʼnoda qoʻllaniladi.

1.4.Ushbu Siyosat Kompaniya tomonidan avtomatlashtirish vositalari qoʻllanilgan yoki qoʻllanilmagan holda shaxsga doir maʼlumotlar bilan amalga oshiriladigan barcha amaliyotlarga tatbiq etiladi.

1.5.Kompaniyaning shaxsga doir maʼlumotlarga nisbatan asosiy huquq va majburiyatlari:

1.5.1.Kompaniya quyidagilarga haqli:

  • shaxsga doir maʼlumotlar subyektidan shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ishonchli maʼlumot va/yoki hujjatlarni olish;
  • shaxsga doir maʼlumotlar subyektidan taqdim etilgan shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz vaqtida aniqlashtirish talab qilish.

1.5.2.Kompaniya quyidagilarga majbur:

  • shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilish;
  • subyektning murojaatigʻa koʻra uning shaxsga doir maʼlumotlari qayta ishlanishi haqida maʼlumot taqdim etish;
  • oʻzlari tomonidan vazifalarni bajarish uchun zarur va yetarli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar tarkibini tasdiqlash;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda subyektning shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlashga rozilik olganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etish;
  • shaxsga doir maʼlumotlar uchinchi shaxsga uzatilgan taqdirda subyektni yozma shaklda xabardor qilish;
  • shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni qabul qilish.

1.6.Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining asosiy huquq va majburiyatlari:

1.6.1.Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari quyidagilarga haqli:

  • Kompaniyada oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari mavjudligi va ularning tarkibi haqida bilish;
  • soʻrov asosida Kompaniyadan shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash haqida maʼlumot olish;
  • oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga nisbatan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish;
  • oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlashga rozilik berish va shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, bunday rozilikni qaytarib olish;
  • shaxsga doir maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan, eskirgan, noaniq, noqonuniy yoʻl bilan olingan yoki qayta ishlash maqsadlari uchun zarur boʻlmagan taqdirda Kompaniyadan oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlashni vaqtincha toʻxtatib qoʻyishni talab qilish.

1.6.2.Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari Kompaniyaga oʻzlari haqida faqat ishonchli maʼlumotlarni taqdim etishga majbur.

1.6.3.Kompaniyaga oʻzlari haqida notoʻgʻri maʼlumotlarni yoki boshqa shaxsga doir maʼlumotlar subyekti haqida uning roziligisiz maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi muvofiq javobgarlik koʻrishadi.

2.Qayta ishlanayotgan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi va toifalari, shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining toifalari

2.1.Kompaniya quyidagi shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining maʼlumotlarini qayta ishlashi mumkin:

  • QR.OL foydalanuvchilari (jismoniy shaxslar);
  • QR.OL Foydalanuvchilari (yuridik shaxslar) vakillari/xodimlari;
  • Kompaniya sayti (saytlari) tashrif buyuruvchilari.

2.2.QR.OL faoliyatini taʼminlash maqsadida Kompaniya quyidagi maʼlumotlarni toʻplashi va qayta ishlashi mumkin:

  • roʻyxatdan oʻtish (hisob qaydnomasi yaratish) jarayonida subʼekt tomonidan taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlar: ism, telefon raqami, elektron pochta manzili (e-mail);
  • elektron maʼlumotlar (HTTP-sarlavhalar, IP-manzil, cookie-fayllar, veb-kuzatuvchilar/piksel teglari, brauzer identifikatori haqidagi maʼlumotlar, apparat va dasturiy taʼminot haqidagi maʼlumotlar, wi-fi tarmogʻi maʼlumotlari);
  • Saytlarga va/yoki Mobil ilovalarga kirish sanasi va vaqti;
  • Foydalanuvchining QR.OL dan foydalanish jarayonidagi faoliyati haqidagi maʼlumot;
  • QR.OL dan foydalanishni tartibga soluvchi shartlarga muvofiq qayta ishlash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar;
  • Kompaniya tomonidan Hamkorlardan tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq, shuningdek davlat organlaridan olingan Foydalanuvchi haqidagi maʼlumotlar.

2.3.Kompaniya qayta ishlayotgan shaxsga doir maʼlumotlarning mazmuni va hajmi eʼlon qilingan qayta ishlash maqsadlariga muvofiqligini taʼminlaydi va zarur hollarda ularning eʼlon qilingan maqsadlarga nisbatan ortiqchaligini bartaraf etish choralarini koʻradi.

2.4.Kompaniya shaxsga doir maʼlumotlarni tegishli subʼektlarning roziligi (elektron xabar yuborish yoʻli bilan) mavjud boʻlgan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan nazarda tutilgan boshqa hollarda qayta ishlaydi.

2.5.Irqiy, milliy mansubligi, siyosiy qarashlari, diniy yoki falsafiy eʼtiqodlari, shaxsiy hayotiga oid maxsus toifadagi shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash Kompaniya tomonidan amalga oshirilmaydi.

3.Shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplash maqsadlari

3.1.Shaxsga doir maʼlumotlar Kompaniya tomonidan quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:

  • QR.OL da roʻyxatdan oʻtishda/foydalanishda Foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilish va identifikatsiya qilish;
  • Foydalanuvchilar bilan QR.OL faoliyatiga oid bildirishnomalar, soʻrovlar va maʼlumotlarni yuborish, shartnomalarni bajarish hamda Foydalanuvchilarning soʻrovlari va arizalarini qayta ishlash maqsadida muloqot oʻrnatish;
  • Kompaniyaning reklama xabarlari va takliflarini muayyan Foydalanuvchining afzalliklarini hisobga olgan holda shaxsiylashtirish;
  • Kompaniya xizmatlari va servislarining sifatini nazorat qilish va yaxshilash;
  • statistik maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va taqdim etish;
  • QR.OL, Foydalanuvchilar, Kompaniya va/yoki uchinchi shaxslar uchun xavfsizlik tahdidlarini aniqlash.

4.Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlari

4.1.Shaxsga doir maʼlumotlarni Kompaniya tomonidan qayta ishlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

  • olingan maʼlumotlarni axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatish yoki uzatmasdan shaxsga doir maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash.

4.2.Kompaniya tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar roʻyxati: yigʻish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish), foydalanish, tarqatish (shu jumladan uzatish), shaxssizlashtirish, blokirovka qilish, yoʻq qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirish.

4.3.Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash Kompaniya tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar subʼektining roziligi olingan holda (keyingi oʻrinlarda — Rozilik) amalga oshiriladi; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan hollarda bunday Rozilikka ehtiyoj boʻlmaydi.

4.4.Shaxsga doir maʼlumotlar subʼekti oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini taqdim etish toʻgʻrisida erkin, oʻz ixtiyori va manfaatidan kelib chiqib qaror qabul qiladi hamda Rozilik beradi.

4.5.Rozilik uni olish faktini tasdiqlashga imkon beruvchi istalgan shaklda beriladi.

4.6.Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashni tugatish sharti sifatida shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlariga erishilishi, Rozilikning amal qilish muddatining tugashi yoki shaxsga doir maʼlumotlar subʼekti tomonidan Rozilikni qaytarib olish, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarni noqonuniy qayta ishlash faktining aniqlanishi boʻlishi mumkin.

4.7.Rozilik elektron kanallar orqali Kompaniya manziliga yoʻllangan bildirishnoma orqali qaytarib olinishi mumkin. Rozilik qaytarib olingan hollarda Kompaniya Foydalanuvchi uchun oʻz axborot resurslariga kirishni cheklaydi.

4.8.Kompaniya shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashda shaxsga doir maʼlumotlarni noqonuniy yoki tasodifiy kirishdan, yoʻq qilishdan, oʻzgartirishdan, bloklashdan, nusxalashdan, taqdim etishdan, tarqatishdan, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarga nisbatan boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni qabul qiladi yoki qabul qilinishini taʼminlaydi.

4.9.Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash shaxsga doir maʼlumotlar subʼektini aniqlashtirish imkonini beruvchi shaklda, shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlari talab etadigan muddatdan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.

4.10.Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlashni amalga oshirishda Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismonan joylashtirilgan texnik vositalardagi maʼlumotlar bazalaridan foydalanadi.

5.Yakuniy qoidalar

5.1.Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga oid barcha munosabatlar, ushbu Siyosatda oʻz aksini topmagan qismida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli qoidalariga muvofiq tartibga solinadi.

5.2.Kompaniya ushbu Siyosatga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega. Oʻzgartishlar kiritilganda joriy tahririda oxirgi yangilanish sanasi koʻrsatiladi. Agar Siyosatda boshqacha koʻzda tutilmagan boʻlsa Siyosatning yangi tahriri qr.ol.uz saytida hamda «QR.OL» Mobil ilovasining interfeyslarida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.